FIFA Montolivoning jarohati uchun “Milan”ga tovon puli to'laydi

Tolibjon Qosimov
10 iyun 2014, 16:08
FIFA Italiya va Irlandiya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan “Milan” sardori Rikardo Montolivoning maoshini to'lashni o'z bo'yniga oldi.
Italiya matbuoti bu haqida e'lon qildi. Jarohat tufayli futbolchi nafaqat mundialni, balki A seriyaning bir qismini ham o'tkazib yuboradi. Amaldagi qonunlarga binoan FIFA futbolchining shartnomada belgilangan harajatlarini bo'yniga oladi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com