FIFA kunlarida Osiyo jamoalari o'tkazadigan o'yinlar

Xayrulla Xoliqov
12 noya 2020, 14:47
Ma'lumki, noyabr oyidagi FIFA kunlarida O'zbekiston milliy terma jamoasi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

BAAda yig'in olib borayotgan terma jamoamiz bugun "Sharja" stadionida Suriya termasiga qarshi bahs olib boradi. Shuningdek, yana bir nazorat bahsi 17 noyabrga belgilangan va bunda vakillarimiz Iroq bilan kuch sinashishadi.

Osiyoning boshqa jamoalari ham ushbu oyda o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishni maqsad qilgan. Xususan JCH saralashdagi raqibimiz Saudiya Arabistoni Yamaykaga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 

Osiyo grandi Yaponiya Panama va Meksika bilan bellashsa, Janubiy Koreya ham Meksika bilan o'ynab ko'radi. Ularning yana bir o'rtoqlik o'yini Qatarga qarshi kechadi. 

Quyida Osiyo jamoalari ishtirokidagi muhim o'rtoqlik uchrashuvlarini keltirib o'tamiz. 

12 noyabr, payshanba

BAA - Tojikiston

Iroq - Iordaniya

Suriya - O'zbekiston

Bahrayn - Livan

Bosniya va Gertsegovina - Eron

13 noyabr, juma

Yaponiya - Panama

Qatar - Kosta Rika

14 noyabr, shanba

Saudiya Arabistoni - Yamayka

15 noyabr, yakshanba

Janubiy Koreya - Meksika

16 noyabr, dushanba

Iordaniya - Suriya

BAA - Bahrayn

17 noyabr, seshanba

Saudiya Arabistoni - Yamayka

Yaponiya - Meksika

Qatar - Janubiy Koreya

O'zbekiston - Iroq

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia