

Tashkilot Rossiyani turnirlarga qaytarish masalasini muhokama qilishni rejalashtirmayapti.
Avvalroq Xalqaro futbol federatsiyasi prezidenti Janni Infantino Rossiyaga qo'yilgan taqiqni bekor qilish lozimligini ta'kidlab, bu cheklov hech qanday natija bermaganini va faqat nafrat uyg'otganini aytgan edi. Biroq "The Times" nashrining xabar berishicha, bunday qadam bir qator Yevropa davlatlarining keskin qarshiligiga sabab bo'lishi mumkin. Shu bois FIFA kengashi ushbu masala bo'yicha ovoz berishni o'tkazish niyatida emas.
Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoalari va klublari 2022 yildan buyon FIFA hamda UEFA shafeligidagi musobaqalardan chetlatib kelinmoqda.



