

Misrda davlat federatsiyaning ishlariga aralashayotganligi munosabati bilan FIFA Misr futbol federatsiyasiga xat yozib, vaziyat o'nglanmasa, terma jamoani chetlatishi mumkinligini ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, Misr terma jamoasi uzoq yillik tanaffusdan so'ng mundialga yo'llanma oldi. Agar FIFA Misrni chetlatsa terma jamoa ham Rossiyadagi Jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi.




