FIFA hakamlarimiz OFK rekrutingida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

Omonjon To`xtamirzayev
20 fev 2023
Avvalroq hakamlarimiz OFK Hakamlar rekrutingi jarayonida ishtirok etishligi haqida xabar bergan edik.

Joriy yilning 16-18 yanvar kunlari FIFA hakamlarimiz Rahimbek Karimov, Firdavs Norsafarov (erkaklar futboli), Oybek Kalaxo'jaev (futzal) va Roziyabonu Yusupova (ayollar futboli) Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida OFK tomonidan tashkillashtiriladigan Hakamlar rekrutingi jarayonida ishtirok etishligi haqida xabar bergan edik.

Bugun OFK imtihonlar natijalarini e'lon qildi. Unga ko'ra, barcha ko'rsatkichlar bo'yicha belgilangan talablarni muvaffaqiyatli bajargan R.Yusupova OFK Elit ayol hakamlar ro'yxatiga kiritilgan bo'lsa, R.Karimov, F.Norsafarov OFK nazoratchisi tomonidan uch bosqichli sinov bahslarida ishtirok etadigan bo'lishdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ЎзФҲМ