FIFA daniyaliklarga siyosiy chaqiriqlar yozilgan liboslarda mashg'ulotlar o'tkazishni taqiqladi

Sherzod Nurmatov
11 noya 2022, 11:54
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Daniya terma jamoasiga 2022 yil Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati vaqtida siyosiy shiorlar yozilgan futbolkalarda mashg'ulotlar o'tkazishni taqiqlab qo'ydi.

Bu haqda Daniya futbol ittifoqi (DBU) aloqa bo'limi boshlig'i Yakob Xoyer payshanba kuni France Press agentligi ma'lum qildi.

10 noyabr kuni ertalab DBU rahbari Yakob Xoyer Ritzau ("Ritcau") axborot agentligiga FIFA daniyaliklarga "Inson huquqlari hamma uchun" shiorini mashg'ulot libosiga joylashtirishga ruxsat bermaganini ma'lum qilgandi. 

"Biz FIFAga so'rov yubordik, ammo ruxsat tegmadi. Bundan afsusdamiz, lekin buni hisobga olishimiz kerak", – dedi Yensen.

4 noyabr kuni FIFA Qatardagi Jahon chempionati ishtirokchilarini futbolni siyosatga aralashtirmaslikka chaqirdi. Tashkilot turnir ishtirokchilari ham bundan o'rnak olib, o'yinga g'oyaviy va siyosiy kurashlarni qo'shmasliklariga umid bildirdi.

Qatarda futbol bo'yicha mundial 20 noyabr kuni boshlanadi. Musobaqada daniyaliklar "D" guruhida Tunis (22 noyabr), Fransiya (26 noyabr) va Avstraliya (30 noyabr) terma jamoalari bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: France Press