FIFA Cherishevni JCH-2018 kashfiyotlari qatoriga qo'shdi

Omonjon To`xtamirzayev
16 iyul 2018
FIFA matbuot bo'limi Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Denis Cheryshevni ortda qolgan Jahon Chempionati-2018 kashfiyotlaridan biri deb etirof etdi.

Eslatib o'tamiz, Cherishev JCH-2018 davomida 5 ta o'yino'da maydonga tushdi va 4 ta gol urishga erishdi.

Agar ochilish o'yinidagi g'aroyib uchrashuvdan so'ng, oradan 31 kun o'tib, yana "Lujniki" maydoniga - bu safar JCH final bellashuvi doirasida tushganda, Cherishevning ishtiroki va musobaqadagi yo'li bundanda hayratlanarli bo'lishi mumkin edi. "Real" asosiy tarkibiga kirishdagi omadsizliklar va "Vilyarreal"dagi qator jarohatlardan so'ng, uning vaqti keldi", - deb yoziladi FIFA rasmiy saytida.

Shuningdek, JCH-2018 kashfiyotlari qatoriga FIFA angliyalik Kiran Tripper, yaponiyalik Takashi Inui, Daniya termasi posboni Kasper Shmeyxel va kolumbiyalik Yerri Minani kiritdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.com