FIFA Angliya va Polsha futbol federatsiyalarini jazoga tortishi mumkin

25 okt 2013, 17:05
FIFA Angliya va Polsha o'rtasida o'tkazilgan o'yin paytida muxlislarning fayerlardan foydalangani sababli tekshiruv boshladi.

Britaniya OAVning xabariga ko'ra, pritexnik vositalardan faqatgina mehmonlar muxlislari foydalanishgan, biroq Angliya futbol federatsiyasi ham “Uemli”da sodir bo'layotgan tartibsizliklar uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Shu sababli mazkur ish bo'yicha tekshiruv tugaganidan so'ng, ikkala Federatsiya ham jazoga tortilishi ehtimoldan xoli emas.


Manba: soccer.ru