FIFA 2026 yilgi jahon chempionati uchun sotilgan chiptalar sonini e'lon qildi

Khoja
17 okt 2025, 10:16
AQSH, Kanada va Mekcikada bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha 2026 yilgi Jahon chempionati o'yinlariga milliondan ortiq chiptalar sotilgan.

 Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qilishicha, turnirga 212 mamlakat va hududdan muxlislar tashrif buyurishadi.

Jahon chempionati Shimoliy Amerikada 11-iyundan 19-iyulgacha bo'lib o'tadi.Musobaqada 48 ta terma jamoa har biri to'rttadan 12ta guruhga bo'lingan holda ishtirok etadi. Ushbu mundial O'zbekiston MTJ uchun debyut bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: FIFA.com