FFF rahbari Mbappeni mazax qilgan Martines ustidan Argentina FFga shikoyat bilan chiqdi

Sherzod Nurmatov
23 dek 2022, 18:48
Fransiya Futbol Federatsiyasi Emiliano Martinesdan norozi.

Argentina JCH-2022 finalida Fransiya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:3, penaltilar bo'yicha – 4:2) "Aston Villa" darvozaboni Kilian Mbappeni mazax qildi. Argentina terma jamoasining kiyinish xonasida Martines "vafot etgan Mbappe uchun" bir daqiqalik sukut e'lon qildi. Emiliano Argentinadagi chempionlik paradiga finalda xet-trik qayd etgan forvard yuzi tasvirlangan qo'g'irchoq bilan keldi.

Noel Le Gre ushbu voqealar yuzasidan Argentina Futbol Federatsiyasi prezidentiga murojaat qilganini aytdi.

"Men Argentina Futbol Federatsiyasidagi hamkasbimga xat yozdim. Buni nonormal holat deb bilaman. Sport musobaqasi sharoitida buni tushunish qiyin. Bu juda oshib ketdi. Mbappening xulq-atvori namunali edi", – dedi Fransiya Futbol Federatsiyasi rahbari.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ouest-France