Ferran Torres: "Barsa"ga o'tishim faoliyatimdagi juda katta qadam"

Narzulla Saydullayev
28 dek 2021
"Barselona" Ferran Torres transferini e'lon qildi.

"Man Siti"dan katalon klubiga kelib qo'shilgan futbolchi o'zining dastlabki taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu erda turganimdan juda baxtliman. "Barsa"ga o'tishim faoliyatimdagi juda katta qadam. O'sishda va gollar urishda davom etishni xohlayman.

Xavi futbolchi sifatida fantastik faoliyat olib borgan. Endi esa murabbiylik yo'lini boshladi, ammo u ajoyib. Xavi endilikda mening o'sishimda yordam beradi. Men bunga ishonaman.

Har xil harakat qilish qo'limdan keladi. Hujumda uch xil poziciyada o'ynay olaman. Jamoaga gollar, assistlar va himoyadagi yaxshi o'yin bilan yordam bermoqchiman", -deydi Ferran Torres.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Marca.com