

To'g'ri, futbolchi bungacha YCHL sovrinini qo'lga kiritgan. Ammo, u o'zining jonajon klubi bilan birga ham ushbu kubokni yutmoqchi.
"Bu hayotimdagi eng muhim o'yin bo'ladi. "Atletiko" tarixiga yangi sahifa yozish imkoniyatimiz bor. "Matraschilar" bilan Chempionlar ligasini yutish - mening bolalikdagi orzuim va ayni paytda oldimda bunday imkoniyat paydo bo'ldi", - deydi Torres.



