Fernandino: "Lester" haqli ravishda chempion bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
16 apr 2016, 14:16
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fernandino "Lester"ning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatlari borasida fikr bildirdi.

"Hozirgi va o'tgan mavsumdagi "Lester" o'rtasidagi farq bosh murabbiyda. Raneri - futbolda ko'p narsani ko'rgan tajribali murabbiy. "Lester" o'tgan mavsumda ligada jon saqlab qolish uchun kurashgan edi, hozir esa ular chempionlikka asosiy da'vogar. Bu murabbiyning taktik mehnatlari evaziga sodir bo'ldi deb o'ylayman.

Ularda ikki-uch yetakchi futbolchi bor va himoya ham mustahkam. Agar "Lester" chempion bo'lsa, bu adolatli bo'ladi, chunki ular mavsumni juda ajoyib o'tkazishdi. APLning 5-6 boy klublari bilan "Lester"ni solishtirsak katta farqni ko'ramiz. Ammo hozir liga barcha klublarga yaxshi to'layapti, shu sababli kuchli futbolchilar bu erga kelishmoqda" - deydi Fernandino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Omnisport