Fermin Lopes "Chelsi"ning qiziqishlariga qaramay, "Barselona"da qoladi

Alisher Ostonov
31 avg 2025
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Fermin Lopes klubda qolishini ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, 22 yoshli ispaniyalik futbolchi "Chelsi"ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, ushbu transfer oynasida kataloniyaliklarni tark etmaydi.

Lopes 2024/25 yilgi mavsum 46 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: ESPN