Fergyuson, Venger va Anchelotti UEFA sovrinlarini qo'lga kiritishdi
Narzulla Saydullayev
5 sen 2013, 14:36
UEFA prezidenti Mishel Platini ser Aleks Fergyuson, Arsen Venger va Karlo Anchelottiga Nonda bo'lib o'tayotgan elit murabbiylar forumida maxsus sovrin topshirdi.
Uchala murabbiy ham Yevropa chempionlar ligasini o'tkazishda qo'shgan hissasi uchun taqdirlandilar. Oldinroq UEFA o'z terma jamoasi safida 100 tadan ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilarni ham taqdirlagandi.