Fergyuson saqichi 390 ming funtga sotildi

Aslanov Jasurbek
20 mar 2019, 10:15
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson o'zining ingliz jamoasidagi so'nggi uchrashuvida chaynagan saqichi aukcionda 390 ming funt (450 ming evro)ga sotildi.

O'sha bahsda MYU "Vest Bromvich" bilan 5:5 hisobida durang qayd etgan.

Ma'lum bo'lishicha, bu pullar "Manchester Yunayted" xayriya fondiga o'tkaziladi.

Aleks Fergyuson 1986 yildan 2013 yilgacha "Manchester Yunayted"ni boshqargan. Jamoa uning qo'l ostida 13 marta Angliya chempioni bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun