Ferdinand yana bir mavsum futbol o'ynashi mumkin

Narzulla Saydullayev
23 fev 2015, 23:30
"Kuinz Park Reyndjers"ning 36 yoshli himoyachisi Rio Ferdinand o'z faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Oktyabr oyida "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi shu mavsumdan so'ng butsalarini mixga ilishini ma'lum qilgandi. Biroq Rio hali so'nggi so'zini aytmaganini his qilmoqda.

Daily Mirror nashrining xabariga ko'ra, tajribali futbolchi o'ynashga kuchi borligiga ishonmoqda. Ferdinand KPR Premer-Ligada qolishni uddalay olsak katta ehtimol bilan yana bir yil futbol o'ynaydi.

Angliya terma jamoasida 81ta o'yin o'tkazgan Rio Yaqin Sharq yoki Amerikadan bo'ladigan takliflarni ham ko'rib chiqishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru