Ferdinand Xoylundni keskin tanqid qildi

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2025
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand hujumchi Rasmus Xoylundning o'yinlaridan xursand emas.

21 yoshli daniyalik futbolchi "qizil iblislar" safida "Fulxem"ga qarshi o'yinda maydonga tushdi, ammo 58-daqiqadan so'ng uning o'rnini Joshua Zirkzee egalladi.

"Agar barmoqlar Xoylundga ishora qilmasa, hayron bo'lardim. Shunchaki to'pni saqla! 

Xoylund – bu jamoaga raqib jarima maydonchasi tomonda nazoratni o'rnatishga imkon beradigan o'yinchi. Agar forvard to'pni o'zida ushlab tura olmasa, buni qilish qiyin", – dedi Ferdinand.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TNT Sports