Ferdinand: "Menimcha, futbolchilarga Tomas Tuxel bilan ishlash yoqadi"

Omonjon To`xtamirzayev
17 okt 2024, 15:53
"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Rio Ferdinand terma jamoa a'zolariga Tomas Tuxel bilan ishlash maqul kelishini taxmin qildi.

Avvalroq, Tuxel Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlangani xabar qilingandi.

"Menima, futbolchilar baxtiyor bo'lishadi. Ishonchim komil, ular Tomas avval birga ishlagan futbolchilarga qo'ng'iroq qilib, Tuxel haqida so'rashadi. Balki kimlardir avvaliga o'ziga unchalik ishonmas, ammo vaqt o'tib Tuxel ularga ruhan ijobiy ta’sir o'tkaza oladi. Taxminimcha, Tomas birinchi mashg'ulotdayoq futbolchilarga qanday qilib sovrin yutmoqchiligini aytib beradi".

Eslatib o'tamiz, avvalroq inglizlar sardori Harri Keyn yangi murabbiy haqida fikr bildirgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: mirror.co.uk