Ferdinand: "Keynning sovrinlar yutishini istayman"

Mirjalol Normatov
16 mar 2021
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand "Tottenxem" forvardi Xarri Keyn haqida fikr bildirdi.

"U sovrinlarni boshi uzra baland ko'tarishini ko'rishni istayman. U aqlbovar qilmas iqtidorli, juda katta tajribaga ega, ajoyib to'purar va yaxshi yigit.

MYU, "Manchester Siti", "Liverpul", "Chelsi"ning o'rnida bo'lganimda u bilan shartnoma imzolagan bo'lardim", - dedi Ferdinand.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal