Ferdinand: "Keyn "Siti"ga o'tsa, hech kim ajablanmasdi"

Sherzod Nurmatov
12 okt 2022, 17:16
Rio Ferdinandning fikricha, Harri Keyn bir yil avval "Manchester Siti"ga o'tmaganidan xavotirlanishi kerak.

2021 yilning yozida "shaharliklar" angliyalikni sotib olmoqchi edi, ammo "Tottenxem" hujumchini qo'yib yubormadi. "Siti" esa "Borussiya" Dortmunddan Erling Holandni safiga qo'shib oldi.

"Agar men "Siti"ning o'rnida bo'lganimda, Holandni qo'lga kiritishdan oldin Keynni sotib olishga harakat qilgan bo'lardim. U to'purar, jarima maydonchasida "qotil", juda sovuqqon.

O'ylaymanki, u "Siti"da ajoyib o'ynagan bo'lardi. Agar hozir uning o'rnida bo'lganimda, Holandning o'yinini ko'rib, qayd qilib yuborgan bo'lardim. Chunki uning o'rnida bo'lib qolish istagida yonardim.

Keyn o'tgan mavsum "Siti"ga Chempionlar Ligasida g'alaba qozonishiga yordam bergan bo'larmidi? Keyn bilan ular g'alabaga yaqinroq bo'lardi.

Keyn o'shanda o'zining "Tottenxem"dagi yutuqlarini hech narsa obro'sizlantira olmaydi, deb o'ylagan. Bu uning uyi, uning vatani, agar u "Siti"ga o'tsa, hech kim ajablanmasdi", – dedi MYU sobiq himoyachisi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail