"Fenerbaxche" polshalik futbolchisini top-klublarga 30 mln funtga sotishga tayyor

Omonjon To`xtamirzayev
25 fev 2024, 17:27
"Fenerbaxche" yarim himoyachisi Sebastyan Shimanski faoliyatini top-klubda davom ettirishi mumkin.

Polshalik futbolchi xizmatlariga "Manchester Yunayted", "Arsenal", "Tottenxem", "Milan" va "Inter" qiziqish bildirmoqda. "Fenerbaxche" futbolchisini 30 mln funt sterling evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

Bu mavsum futbolchi turk klubi safida 40 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma etkazib bergan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: DeadlineDayLive