

“Bizning jamoa, Luish Netu va “Zenit” o'zaro muzokaralarni boshlashdi. Netu bugun tunda Istambulga uchib keladi. Ertadan rasmiy muzokaralarga kirishamiz”, -deyiladi “Fenerbaxche” klubi rasmiy bayonotida.
Avvalroq tarqatilgan xabarda Turkiya klubi Netuni 500 000 evroga ijaraga olayotgani aytilgandi. Keyinchalik “Fenerbaxche” portugaliyalik futbolchini 3 mln evroga sotib olish huquqiga ham ega bo'ladi.



