Fenerbaxche avtobusiga qurolli hujum bo'ldi, haydovchi yaralandi

Narzulla Saydullayev
5 apr 2015, 08:36
Turkiyaning Fenerbaxche klubi avtobusi Rizesporga qarshi o'yindan so'ng (5:1) o'qqa tutildi.
Rizo shahridan Trabzon shahriga ketayotgan transport vositasiga qurolli hujum uyushtirilgan.

Noma'lum shaxs avtobus katta tezlikda ketayotganda unga qarata o'q uzgan.

Jiddiy avariyaning oldi olingan, lekin haydovchining o'zi shifoxonaga olib ketilgan.

Fenerbaxche futbolchilari va xodimlari o'q o'tkazmaydigan avtomobilda Trabzon aeroportiga olib borilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru