“Fenerbaxche” 40 mln evrolik transferni amalga oshirishi mumkin

Alisher Ostonov
28 dek 2025
"Inter" yarim himoyachisi Davide Frattezi "Fenerbaxche"ga qiziq.

Turk klubi 26 yoshli futbolchini majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi va taxminan 40 million evro sarflashga tayyor.

Xavbekka "Yuventus”, "Roma" va "Napoli" klublari ham qiziqish bildirmoqda, ammo "neradzurrilar" futbolchini to'g'ridan-to'g'ri raqobatchilarga berishni istamayapti.

"Fenerbaxche" varianti milanliklar uchun eng maquli hisoblanadi, chunki bu ularga o'ng qanot himoyachisini sotib olish uchun sarflashi mumkin bo'lgan pulni kafolatlaydi. "Inter" Marko Palestraga qiziqmoqda, "Atalanta" o'yinchi uchun 40 million evro talab qilmoqda.

Frattezining o'rnini to'ldirish uchun "Inter" Aleksandr Stankovichni "Bryugge"dan qaytarishi mumkin.


Alisher OstonovMuallif
Manba: SportMediaset