“Fenerbaxche” 19 karra Turkiya chempioni!

Narzulla Saydullayev
28 apr 2014
“Fenerbaxche” klubi o'z tarixida 19-marotaba Turkiya chempioni bo'ldi.
“Sariq kanareykalar” kecha mamlakat chempionatining navbatdagi turida “Rizespor” klubini qabul qilishdi. Garchi o'yinda xisob ochilmagan bo'lsada, bu natija ham istanbulliklar uchun xizmat qildi.

Ikkinchi o'rinda borayotgan “Galatasaroy” endi peshqadamdan 12 ochkoga ortda qolmoqda. Bu esa “Fenerbaxche”ning muddatidan avval chempion bo'lganligini anglatadi.

“Biz o'ta murakkab mavsumni o'tkazyapmiz. Shunday bo'lsada, yigitlar zimmalariga yuklatilgan vazifani udalashdi. Bundan juda ham xursandman. Fursatdan foydalanib, bizni butun mavsum davomida qo'llab-quvvatlab kelayogan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman”, - deydi “Fenerbaxche” bosh murabbiyi Ersun Yanal.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com