Fellayni: “Agar jahon chempioni bo'lsak sochimni oldirib tashlayman”

Tolibjon Qosimov
19 iyun 2014, 13:17
Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi jahon chempioniga aylansa o'z imidjini o'zgartirishga tayyorligini ma'lum qildi.
Belgiyaliklar birinchi turda Jazoir terma jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etishdi.

“Agar Belgiya jahon chempionatida g'olib bo'lsa, sochimni oldirib tashlashga tayyorman”, – deydi Fellayni.

Belgiya terma jamoasi "H" guruhida Janubiy Koreya, Rossiya va Jazoir bilan birga ishtirok etmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com