Feliks bugun "Atletiko" bilan shartnoma imzolashi mumkin. U Madridga uchib keldi

Alisher
17 iyun 2019, 17:23
"Benfika" yarim himoyachisi Joau Feliks "Atletiko"ga o'tishga juda yaqin.

19 yoshli futbolchi Madridda va bugun klub bilan shartnoma imzolashi mumkin.

"Atletiko" futbolchi uchun 120 million evro to'laydi. Uning yangi klubidagi maoshi esa 6 million evroni tashkil etadi.

Feliks yakunlangan mavsum Portugaliya chempionatida 26ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 7ta assistga erishgan.

"Benfika" yarim himoyachisi joriy yildan boshlab Portugaliya terma jamoasiga chaqirila boshladi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Record