Felan “Uigan”ning yangi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

4 dek 2013, 11:00
“Manchester Yunayted” klubining sobiq murabbiyi Mayk Felan, “Uigan”dan klubni boshqarish uchun taklif oldi.

51 yoshli angliyalik mutaxassis, Ouen Koylning bosh murabbiylikdan ketganidan so'ng, klubda ushbu lavozimga asosiy da'vogar bo'lib turibdi, deb xabar beradi The Independent.

Biroq The Times bergan xabarga ko'ra, bu o'ringa aossiy nomzod “Kristal Pelas” klubi bosh murabbiyi Ian Xollouey bo'lib turgan ekan.

Ta'kidlab o'tamiz, ayni paytda “Uigan” angliyaning ikkinchi divizioni vakillari orasida 14 o'rinda bormoqda.


Manba: sports.ru