Federiko Kezaga mashg'ulotlar davomida o'z jamoadoshi tomonidan jarohat etkazildi

Administrator
29 fev 2024
Futbolchi mashg'ulotda to'pig'idan jarohat oldi.

"Yuventus" klubi hujumchisi Federiko Keza to'pig'idan jarohat oldi. Eng qizig'i, bunga jamoaning boshqa bir futbolchisi Aleks Sandro sababchi bo'ldi. Sandro tashlagan noto'g'ri "podkat" sabab, Keza to'pig'idan zarar ko'rdi. Shundan keyin futbolchi chimga quladi. Birozdan so'ng shifokorlar futbolchini mashg'ulotga qaytishiga ruxsat berishdi, ammo Keza birozdan so'ng mashq qila olmasligi ma'lum bo'ldi. Shu tariqa, futbolchi cho'loqlangancha mashg'ulot maydonini tark etdi.

Ma'lumot uchun, Keza ushbu mavsum A Seriyada 21ta o'yin o'tkazib, 6ta gol va bitta assist qayd etdi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia