Fayzullaevga qiziqayotgani aytilgan "Parma" A Seriyaga qaytdi

Administrator
1 may 2024
Ikki yillik tanaffusdan so'ng ushbu klub elitaga qaytdi.

Italiyaning "Parma" klubi ikki yillik tanaffusdan so'ng Italiya A Seriyasiga qaytdi. Klub bugun B Seriyada eng kamida ikkinchi o'rinni kafolatladi va yuqori divizion yo'llanmasini naqd qildi. 

"Parma" B Seriya yakunlanishiga ikki tur qolganda musobaqa jadvalida birinchi o'rinda bormoqda. Eng yaqin taqibchi bo'lgan "Komo" klubi "Parma"dan uch ochko ortda.

Eslatib o'tamiz, bundan bir necha kunlar ilgari "Parma" klubi o'zbekistonlik Abbosbek Fayzullaevga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Italiya klubi Abbosbek Fayzullaevga qiziqmoqda


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/1913parmacalcio