

O'zbekiston futbol federatsiyasi faxriylar Kubogi turnirini tashkil etdi. Avgust oyidan boshlab jamoalar o'z hududlarida saralash bahslarini o'tkazib kelmoqda.
Vodiyda “Andijon” faxriylar jamoasi avvaliga “Namangan” faxriylar bilan ro'baro' keldi va o'zaro o'yinga ko'ra andijonliklar g'olib chiqishgandi. “Farg'ona” va “Qo'qon” faxriylar jamoalari ishtirokidagi o'yinda esa qo'qonliklarning qo'li baland kelgandi. Shu bois o'tgan haftada “Qo'qon” o'z maydonida “Andijon”ni qabul qildi.
Vodiyda “Andijon” faxriylar jamoasi avvaliga “Namangan” faxriylar bilan ro'baro' keldi va o'zaro o'yinga ko'ra andijonliklar g'olib chiqishgandi. “Farg'ona” va “Qo'qon” faxriylar jamoalari ishtirokidagi o'yinda esa qo'qonliklarning qo'li baland kelgandi. Shu bois o'tgan haftada “Qo'qon” o'z maydonida “Andijon”ni qabul qildi.
Bunday uchrashuvlarning tashkil etilishidan ko'zlangan asosiy maqsad sobiq futbolchilarning yana bir-birlari bilan maydonda to'qnash kelishi va ularning o'rtasidagi do'stlik rishtalarini uzilmasligi uchundir.
Shu bois faxriylar o'rtasidagi bu kabi o'yinlar doimo qiziq va do'stona ruhda o'tib kelayotganini a'lohida takidlash lozim.
“Qo'qon” – “Andijon” 5:1.
Qo'qon. “Markaziy” stadion.
Hakamlar: Rustam Tolibjonov, Nodir Toshmatov, Hurshid Meliqo'ziev.
Nazoratchi: Islom Nurmatov.
“Qo'qon” faxriylar jamoasi tarkibida o'ynaganlar: Farhod Musajonov, No'mon Husanboev, Akmal Ortiqov, Ahror Niyozov, Shavkat Jo'raboev, Ibrohim Mamadiev, Azamat Ashirmatov, Muhiddin Abduvaliev, Jamoliddin Tojiboev, Said Shokirov, G'ayrat Sharipov, Isoq Mamajonov, Maruf Mansurov, Avaz Ahmedov, Kamol Aminov, Sulton Murtazoev, Nodir Nosirov, Vahob Oxunov.
Jamoa boshlig'i: Sharif Madaminov.
Murabbiy: Baxtiyor Abdullaev.
“Andijon” faxriylar jamoasi tarkibida o'ynaganlar: Hamidullo Zokirov, Olimjon Boltaboev, Orif Mamatkazin, Xayrullo Tojiboev, Farhod Qodirov, Bahodir Karimov, Abdumutallib Ablyazov, Sarvar Dadajonov, Muzaffar Rahimberdiev, Adham Karimov, Vitaliy Legay, Lutfullo Qobulov, Alijon Marajabov, Muxammadjon Ibrohimov, Qahramon Abduqodirov, Farhod Nosirov, Muhammad Xolmirzaev, Rustam Sobirov.
Bosh murabbiy: Alijon Marajabov.
Murabbiy: Latif Qosimov.
Gollar: Muhiddin Abduvaliev (2ta), G'ayrat Sharipov (2ta), Said Shokirov – Sarvar Dadajonov.
Qiziqarli va murosasiz ruhda kechgan o'yinda maydon egalari yirik hisobdagi g'alabaga erishdi. Endi bugun Andijonda javob bahsi bo'lib o'tadi. O'zaro ikki o'yin natijasiga ko'ra, g'olib chiqqan jamoa Toshkentda o'tadigan yarim final bosqichga yo'l oladi.
Islombek Rustambekov



