Faxriylar. "Paxtakor" - "Dinamo Tbilisi" 4:4

Narzulla Saydullayev
22 noya 2014
Bugun "Paxtakor" stadionida Tbilisining "Dinamo" va "Paxtakor" klubi faxriylari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.
Ushbu sahifa orqali o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin bo'ldm.

Dastlabki daqiqalarda Mixail Kavelashvili dublga erishdi. 24-daqiqada Mirjalol Qosimovning pasidan so'ng Igor Shkvirin to'p kiritdi - 1:2. Oradan to'rt daqiqa o'tgach Demetradze o'tkir burchakdan chiroyli gol urdi - 1:3.

"Paxtakor"chilar Jafar Irismetov va Azamat Abduraimovning gollari evaziga hisobni tenglashtirishdi. Ikkinchi bo'lim boshida Demetradze penaltidan gol urib yana gruzinlarni oldinga olib chiqdi - 3:4. Ko'p o'tmay Shkvirinning to'p uzatishidan so'ng Rustam Do'rmonov hisobni yana tenglashtirdi - 4:4. 


"Paxtakor" - "Dinamo Tbilisi" 4:4
Gollar:
Igor Shkvirin 24, Jafar Irismetov, Azamat Abduraimov, Rustam Do'rmonov 54 - Mixail Kavelashvili 6, 15, Georgiy Demetradze 28, 52 penalti 
"Paxtakor": Anvar Rashidov, Sobir Hodiev, Baxtiyor Ashurmatov, Farhod Magometov, Murod Aliev, No'mon Hasanov, Mirjalol Qosimov, Xoren Oganesyan, Sergey Kovshov, Azamat Abduraimov, Igor Shkvirin.
Zaxiradan tushganlar:
Jasur Abduraimov, Shuhrat Rahmonqulov, Jafar Irismetov, Rustam Do'rmonov, Andrey Miklyaev, 
"Dinamo Tbilisi": Irakli Zoidze, Mamuka Machaviriani, Irakli Vashakidze, Malxaz Maxaradze, Levan Ckitishvili, Georgiy Kaxokidze, Georgiy Anchabadze, Rati Aleksidze, Georgiy Demetradze, Aleksandr Iashvili, Mixail Kavelashvili.
Zaxiradan tushganlar: Iosif Grishikashvili, Gocha Jamarauli, Zura Kipiani. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia