Fatining tuzalishi kechikmoqda

Mirjalol Normatov
14 mar 2021, 11:34
"Barselona" yarim himoyachisi Ansu Fati jarohatidan forig' bo'lish jarayonini davom ettirmoqda.

Bu jarayon yaxshi davom etmoqda, ammo kutilganidan sekin amalga oshmoqda. Boshida futbolchini mart oyining o'rtalarida safga qaytarish rejalashtirilgandi. Ammo jarayonning sekinligi sababli Fatining qaytishi aprel oyining boshlariga cho'zilib ketishi mumkin.

"Barselona" murabbiylar shtabi futbolchini xavf ostiga qo'ymaydi va u yuz foiz mashg'ulotlarga tayyor bo'lgan taqdirdagina maydonga qaytariladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo