

Bu haqda o'yinchining agenti Jorje Mendesh ma'lum qildi. 20 yoshli hujumchi Kataloniya klubida so'nggi paytlarda etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'la olmayotganidan norozi. Ispaniya terma jamoasi a'zosi ushbu mavsum barcha musobaqalarda jami 1127 daqiqa maydonda harakatlandi.
"Manchester Yunayted" yosh futbolchiga "ko'k-anorranglilar"ni rozi qila oladigan ajoyib taklif bilan chiqishni rejalashtirayotgan klublar qatorida ekani aytilmoqda.



