Fati JCHga bormaydigan bo'ldi

Mirjalol Normatov
9 okt 2019
"Barselona" yarim himoyachisi Ansu Fati Ispaniyaning 17 yoshgacha bo'lganlar termasiga kiritilmadi.

Shu orqali futbolchi 26 oktyabrdan 17 noyabrga qadar Braziliyada bo'ladigan JCHda ishtirok etmaydigan bo'ldi.

"Fatini chaqirmasligimiz sababi, u milliy terma saviyasiga yetishishi kerak. To'g'ri, uni JCHga chaqirmadik. Biroq u kattaroq yoshdagi termalarga chaqiriladi", - dedi Ispaniyaning 17 yoshgacha bo'lganlar termasi bosh murabbiyi David Gordo.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express