Farhod Shokirov: “Imkoniyatlardan foydalana olmadik”

Narzulla Saydullayev
9 may 2015, 09:26
O'zbekiston Birinchiligining 7-turidan o'rin olgan “Oq-tepa” – “Chust-Paxtakor” uchrashuvi yakunlangach, mehmonlar safida eng yaxshi o'yinchi deb topilgan Farhod Shokirov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Yaxshi o'yin bo'ldi. Biz ham, mezbonlar ham gol urish uchun imkoniyatlarga ega bo'lishdi. Vaziyatlardan foydalanishda biz oqsadik, maydon egalari aksincha, gol urishdi. Ikkita vaziyatdan ikkita gol urishdi.
 
Biznin eng asosiy kamchiligimiz vaziyatlardan foydalana olmaslikda. Bu birinchi marta sodir bo'layotgani yo'q. Mashg'ulotlarda bu borada ishlayapmiz. Ancha yaxshi tomonga o'zgarish bor. Ammo hali ishlashimiz kerak.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz