Farhod Nishonov: "Vaziyatlarni muvaffaqiyatli yakunlaydigan futbolchilar yetishmayapti"

Mirjalol Normatov
22 avg 2024, 21:05
Pro-liganing 17-turidan o'rin olgan "Olimpik MobiUz” - “Mashal" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Mashal" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman va navbatdagi uchrashuvlarda omad tilayman. Jamoa Superligaga qaytsa, bundan faqat xursand bo'lamiz. Tan olish kerak, bizning hozir Pro-ligaga kuchimiz etmayapti. Tajriba kerak, tarkibimiz yosh futbolchilardan iborat. Vaziyatlarni muvaffaqiyatli yakunlaydigan futbolchilar yetishmovchiligi bor. Bular ham asta-sekin bo'ladi. Pro-liga bizga katta tajriba bo'layapti. O'yindan-o'yinga o'sib borayapmiz, bu yaqqol ko'rinib turibdi. Yigitlarga raxmat aytaman, bizning loyihamiz rejasi 4 yillik maqsadga asoslangan. Bugun har qanday raqib bilan kurasha olishimizni ko'rsata oldik deb o'ylayman.

- Jamoangiz ko'p vaziyatlar yaratmoqda. Lekin foydalanish darajasi yuqori emas. Bu borada qanday ishlar amalga oshirilayapti?

- Bu faqat bizda emas, butun o'zbek futbolidagi muammo. Mashg'ulotlarda ushbu kamchilik ustida ishlayapmiz. Vaqt o'tib natijasini beradi albatta. Yigitlarda ruhiyat bilan bog'liq ishonch shakllanishi kerak. Vaziyatlarni tahlil qilib, xatolar ustida ishlaymiz.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia