Farhod Nishonov: "Vaziyatlardan foydalanganimizda o'yin ssenariysi boshqacha kechishi mumkin edi"

Administrator
20 avg 2025, 01:10
Pro liga 12-turidan o'rin olgan "Aral" – "Olimpik MobiUz" jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Aral"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bu o'yin juda muhim edi, faqat g'alaba uchun harakat qilgandik. Lekin doim ham siz o'ylaganingizdek bo'lmaydi. Bu futbol. "Aral" bugun juda yaxshi o'yin o'tkazdi. Muxlislarning qo'llovi ham bu o'yinda rol o'ynadi. Futbolda detallar bo'lmaydi. Kichik xatolar evaziga mag'lub bo'ldik.  Yigitlar aytilgan vazifani bajarishdi. Maydondan kelib chiqib, harakat qildik. To'pni raqibga berib, undan keyin hujum qilishimiz kerak edi. Vaziyatlardan foydalanganimizda o'yin ssenariy boshqacha kechishi mumkin edi.

Birinchi goldan keyin jamoa qanday harakat qildi?

Ikkinchi bo'limda o'yin tempini ko'tara oldik, gol ham urdik. Hammasi reja bo'yicha ketayotgan edi. Standart vaziyatdan gol o'tkazdik, bu futbolni bir qismi. Goldan keyin "Aral"da ruhan ko'tarilish bo'ldi.

Jamoaning negizi terma jamoa negizida tashkil qilingan. Ular terma bilan ham yig'inlarga boradi. Yigitlarda charchoq alomatlari sezilmayaptimi?

Yo'q, yigitlar yosh. Tez tiklanishadi. Rahbariyat bunga sharoit yaratib qo'ygan. Ular o'smoqchi bo'lishsa, ishlash kerak. Charchab qolayotgan bo'lsa, futbolchi bo'lmaganlari yaxshiroq.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia