Farhod Magometov: "O'z futbolchilaringizni qattiqroq ushlanglar"

Narzulla Saydullayev
18 fev 2015, 12:47
Bugungi qur'a tashlash marosimidan oldin PFL bosh direktori Farhod Magometov Tailanddagi voqea haqida to'xtalib o'tdi.
"Barchangiz Tailanddagi "Qirol kubogi"da nima bo'lganini bilasiz, vaziyat videosini hamma ko'rgani aniq. Shuning natijasida Toxir Shamsiddinov bir yilga futboldan chetlatildi va Shuhrat Maqsudov o'z lavozimidan ozod etildi.

Men klublar rahbarlariga iltimos emas talab qilaman: o'z o'yinchilaringiz va xodimlaringizga qattiroq turinglar. Ularga tarbiya beringlar. Bu yil reglamentga futbol maydonida tashkil etilgan janjal uchun katta jarimalar va jazolar belgilab qo'yilgan", - deydi Magometov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia