Unda PFL direktori Farhod Magometov, hakamlar bilan ishlovchi qo'mitada faoliyat olib borayotgan Bobur Haydarov turli holatlar bo'yicha fikrlarini bildirib o'tishdi. Shundan so'ng esa qur'a jarayonining o'zi o'tkazildi. PFL rasmiylari tomonidan yangragan mulohazalarni e'tiboringizga taqdim etamiz.
- Barchangizga xayrli kun! Bu yig'ilishga tashrif buyurgan vakillarni ko'rib turganimdan xursandman. Biroq sizlar PFL tomonidan klubingizga yuborilgan telegrammani diqqat bilan o'qib chiqmagan ko'rinasiz. Chunki unda klub vakili bilan birgalikda bosh murabbiylarning albatta kelishlari lozimligini takidlagandik. Afsuski, bu yerda bosh murabbiylarni ko'rmayapman. Faqat Chustdagi jamoadan murabbiy kelibdi. Ularga aytadigan bazi gaplarim bor edi. Telegrammada aytilgan shartni bajarmagan jamoalarga jazo tariqasida jarima solinadi.
Tan olish kerak, birinchi liga o'ta yomon holatda. Bu hech kimga sir emas. Kamchiliklar to'lib yotibdi. Bunga birinchi navbatda jamoa rahbarlari bilan bosh murabbiylarni aybdor qilib ko'rsatgan bo'lardim. Kelishilgan o'yinlar ko'p uchrayapti. Bularni yo'q qilish kerak. Jamoalar uchrashuvlarni deyarli muxlislarsiz o'ynayapti. Ishqibozlar bunday zerikarli, past saviyadagi bahslarni stadionda kuzatishni istamasligi tabiiy hol. Ularni stadionga chaqirish borasida ishlash kerak. Avvalo, o'yin saviyasini yaxshilash bilan. Bazi klublar hokimiyat tomonidan ajratilgan bir yillik byudjetni eb tugatish uchungina faoliyat olib borishmoqda. Shaxsiy jamoalar yo'q bo'lgandan keyin bunday holatlarga guvoh bo'lamiz.
Futbolchilarda intizom yo'q. Ular har bir o'yinda hakamlarni haqorat qilishadi. Qizil kartochkalarning 90 foizi aynan hakamlar shaniga nisbatan aytilgan haqoratlardan keyin berilgan. Murabbiylar bu holatga alohida e'tibor qaratishlari kerak. Shuningdek, ularning o'zlari hakamlarga suvli baklajkalarni irg'itishni boshlashibdi. Bu nimasi? Ular futbolchilarga o'rnak bo'lishlari shart emasmi? Bu ketishda jamoalar sonini kelasi mavsumda 16taga tushirib qo'yamiz. Shunda birinchi liga saviyasi oshishi mumkin. Aks holda, hozirgidek turli kamchiliklarga ega jamoalar ishtirokini ko'rib yuraveramiz.
Murabbiylar o'z ustida ishlashi lozim. Ular qotib qolishgan. Kelajakda kuchli klublarda ishlashni reja qilishmagan, shekilli. Bunaqada hozir topayotgan arzimas mablag'lariga qanoat qilib yuraverishadi. Murabbiylar ishlamagandan keyin yaxshi o'yinchilar ham yetishib chiqmayapti. Oliy ligaga quyi ligadan deyarli o'yinchilar chaqirilmayapti. Faqat to'rt jamoada yaxshi sharoitlar yaratilgan va ular oliy liga klublariga qarshilik qilishlari mumkin. Qolgan jamoalar esa shunchaki o'ynab yurishibdi. Ularda biror maqsadning o'zi yo'q. Faqat ajratilgan pulni sarflab yurishsa bo'lgani. Maydonlar sifati va yoritish tizimi bilan bog'liq muammolar ko'p. Shuningdek, jamoalardan to'rtinchi hakamlarga mablag'ni o'yin tugashi bilanoq to'lashni so'rayman. Ularni atayin sizlar o'ynaydigan hududga yaqin joydan tayinlaymiz. PFLdan qarzi bor jamoalarga eslatib o'taman, qarzlarni to'lab qo'yinglar. O'yin yozilgan kassetalarning o'z vaqtida yetib kelishini taminlang. Ikkinchi bosqichdan boshlab har bir yetib kelmagan kasseta uchun 500 ming so'mdan jarima to'lashingizga to'g'ri keladi. Hakamlar qo'mitasi referilarning harakatlarini tahlil qilib chiqishi uchun bu juda zarur. Ikkinchi bosqichda o'ynaydigan klublar qo'shimcha 4 million so'mdan badal puli to'lashadi. O'tgan yili “Yoshlik” jamoasini qarzlarini vaqtida to'lamagani sababli ikkinchi bosqichdan chetlashtirgandik. Bu safar ham shunday yo'l tutamiz. Vaqtida PFLdan qarzini uzmagan klublar keyingi bosqichni tomoshabin sifatida kuzatishlariga to'g'ri keladi. Xullas, bu borada tegishli ishlarni qilinglar.
Hozirgi format o'zini unchalik oqlamayapti. Erishganimiz faqat barcha o'yinlarning o'tkazilishi bo'ldi xolos. Biroq saviya juda tushib ketdi. Qolgan barcha jihatlar bo'yicha orqaga qarab ketdik. Keyingi yil 16 yoki 18 jamoa ishtirok etishini ko'rib chiqamiz. Qo'qonliklarga maydonni yaxshilash zarurligini eslatib o'taman.
Hozirgi holatda birinchi ligaga botqoqqa botib qolgan deb aytsak bo'ladi. Uni bundan chiqarish uchun juda ko'p ish qilish shart yoki to'liq operaciyani amalga oshirish lozim. Bazi klublar hakamdan shikoyat qilishadi, o'yinni ko'rib chiqqanimizda hakam aynan ularga yordam bergan vaziyatlar uchradi. Hakamlarni jamoangizga yon bosishini so'raysiz va keyin uni raqib foydasiga atayin yanglishganda ayblaysiz. Nima uchun ularga qilbirlik qilishni o'rgatyapsiz? Kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgan yoki hakamlarni yordam berish maqsadida taqdirlashga uringan klublarni jazolaymiz. Shunday jamoalar bir umrga PFL ishtirokidagi musobaqalardan chetlashtiriladi va 50 million so'm jarimaga tortiladi. Rossiya va Turkiyada kelishilgan o'yinlar bilan bog'liq mojarolar chiqqanidan xabaringiz bor. Bizda ham bu borada ma'lumotlar bor. Bunday holat kelib chiqsa, anchagina klublar jazolanishi mumkin. Kelishilgan o'yinlar bilan mashg'ul bo'lgandan ko'ra, klubingizda minimal sharoitlarni yaratishga harakat qiling. Shunda o'zbek futboli uchun foydali ish qilgan bo'lasiz.
Shu o'rinda “Yangier”, “Spartak”, “Oqtepa”, “Alanga”, “Zomin”, “Chust-Paxtakor” va “Orol” jamoalariga PFLdan qarzlarini vaqtida uzishlari lozimligini eslatib o'taman, - deya nutq so'zladi Farhod Magometov.
Shundan so'ng Bobur Haydarov quyidagilarni ta'kidlab o'tdi:
- Birinchi bosqich mobaynida qancha o'yinlar bo'lib o'tdi, bizga esa faqat 9 uchrashuvning diski yetib keldi. Shumi sizlarning PFLga munosabatingiz? Yetib kelmagan har bir disk uchun 5 milliongacha jarima solishimiz mumkin. Nega bunchalik loqaydsiz? “NBU-Osiyo” va “Surxon” jamoalari stadionida hakamlar uchun sharoitlar yaratilmagan. Yuvinish uchun suvning yo'qligi va oddiy lampochkalarning mavjud emasligini qanday izohlash mumkinligini bilmayman. Uchrashuvlar vaqtini ham o'zgartirmang. Soat 18:00ga belgilangan bellashuvlarni 10 yoki 15 daqiqa kechikib boshlashgan. Bu “Oqtepa” va “NBU-Osiyo” jamoalariga taalluqli. Mezbon jamoa yutqazgan taqdirda hakamlarni jo'natib yubormasdan klub vakillari yo'q bo'lib qolishmoqda. Yutqazdingizmi, oxirigacha mard bo'lib qoling. Hakamlarni vaqtida jo'nab ketishlarini taminlash sizning zimmangizda. Agar ulardan shubhalansangiz, biz bilan hamkorlik qilib, hakamlarning qilmishlarini oshkor etishga yordamlashing. O'yin kasseta va disklarini vaqtida jo'natishni unutmang.
Keyin esa qur'a tashlash jarayoniga o'tildi. Ikkinchi bosqichda sariq kartochkalar tartibi yangidan boshlanishi (avvalgilari bekor qilingan), qizil kartochka tufayli qilingan diskvalifikaciyalar kuchida qolishi aytib o'tildi.
Futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish 10 avgustgacha davom etadi va jamoalar 10 nafardan ortiq yangi o'yinchilarni ro'yxatga qo'sha olishmaydi. Birinchi va ikkinchi turda esa quyidagi juftliklar o'zaro maydonga tushadigan bo'ldi.
1-tur, 11-12 avgust
“Yangier” – “Registon”
“NBU-Osiyo” – “Zarafshon”
“Paxtakor-2” – “Mashal”
“Oqtepa” – “Spartak”
“Andijon” – “Orol”
“Qo'qon-1912” – “Xorazm”
“Kosonsoy” – “Alanga”
“Chust-Paxtakor” – “Sherdor”
2-tur, 14-15 avgust
“Yangier” – “Zarafshon”
“NBU-Osiyo” – “Registon”
“Paxtakor-2” – “Spartak”
“Oqtepa” – “Mashal”
“Andijon” – “Xorazm”
“Qo'qon-1912” – “Orol”
“Kosonsoy” – “Sherdor”
“Chust-Paxtakor” – “Alanga”
Behzod NAZAROV.