Farhod Magometov: "2015 yilni "Neftchi" o'z maydonida boshlaydi"

Narzulla Saydullayev
17 dek 2014, 11:15
Bugun O'FF matbuot anjumanlar zalida 2014 yilgi oliy liga yakunlari 2015 yilgi mavsum oldidan klub vakillari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishni O'FF vice prezidenti Sardor Rahmatullaev ochib berdi:

Barcha klublarga yangi mavsumda omad tilayman. 2015 yil barchamizga omadli kelsin. Bugun to'rtta masala hal qilinadi. 2015 yilgi oliy ligaga qur'a tashlash, 2014 yilgi yakunlar, yangi mavsum uchun reglament va klublarni licenziyadan o'tkazish masalalari hal qilinadi.

Farhod Magometov: "Barchani kirib kelayotgan yangi mavsum bilan tabriklayman. Yangi yilda barcha klublar o'zlarini ko'rsatishadi deb o'ylayman. Farg'ona va Andijonga qilgan safarimizdan so'ng oliy ligada klublar sonini 16taga oshirishga qaror qildik. 2015 yil Farg'onada yangi stadionning ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Shu sababli qur'a davomida agar "Neftchi" dastlabki turda safarda tushib qolsa ham ular ilk turni o'z maydonlarida o'tkazishadi. Bunga hech kim qarshi bo'lmasa kerak".


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia