Farhod Abdullaev Tojikistonda hakamlar va inspektorlar uchun FIFA kurslarini o'tkazmoqda

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2016, 17:24
O'zbekistonlik FIFA instruktori Farhod Abdullaev Tojikistonning Tursunzoda shahrida hakamlar va inspektorlar uchun seminarlar o'tkazmoqda.

Bu haqda Tojikiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Har yili ananaviy tarzda FIFA a'zosi o'lgan davlatlarda o'tkazilib kelinadigan hakamlik kurslari Tojikiston chempionatida faoliyat olib boradigan hakamlar va nazoratchilar uchun Tursunzodadagi “Shirkent” mehmonxonasida 20 iyul kuni start olgan. Bir hafta davom etadigan seminarlarni o'tkazishda Farhod Abdullaevga Ravichandran Chappanimutu (Malayziya) yordam bermoqda.

Eslatib o'tamiz, iyun oyi yakuni va iyul oyi avvalida Farhod Abdullaev O'zbekiston Professional Ligasi hamda birinchi liga o'yinlarida ishlaydigan hakamlar uchun xam o'quv-mashg'ulot kurslarini o'tkazgan edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com