

Hakamlar malakasini oshirish va ularga ko'maklashish dasturi bo'yicha o'tkaziladigan mazkur seminarda FIFAning barcha konfederatsiyalaridan jami 55 nafar instruktorlar ishtirok etadi. Ushbu seminarga FIFA Osiyo Futbol Konfederatsiyasidan 12 nafar instruktorni taklif etgan. E'tiborlisi, ular orasida Farhod Abdullaev ham bor.
Ma'lumot o'rnida, Farhod Abdullaev o'tgan yilning 1 noyabridan boshlab OFK hakamlar departamentining texnik eksperti sifatida ish boshlagan.



