Farg'onada “S” sertifikati uchun o'quv kursi boshlandi

Narzulla Saydullayev
19 dek 2017, 07:59
Mamlakatimizda futbol murabbiylarining bilim va tajribalarini zamonaviy talablar darajasiga ko'tarish, ularni tegishli licenziyalarga ega bo'lishini taminlash maqsadida viloyatlarda tashkil etilayotgan o'quv kurslari BO'SMda ishlashni istayotgan murabbiylarga qator qulayliklar yaratmoqda.

Farg'onada shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasining “S” xalqaro sertifikati uchun navbatdagi o'quv-mashg'ulot kursi boshlandi. Joriy yilning 18-24 dekabr kunlari bo'lib o'tadigan o'quv-mashg'ulot kursi 23 nafar murabbiy ishtirok etmoqda.

O'z navbatida OFK instruktori Zoir Hasanov bir hafta mobaynida farg'onalik yosh murabbiylarga nazariy va amaliy mashg'ulotlar bo'yicha saboq beradi. Unga viloyat  futbol federatsiyasi mutaxassisi Sherzod Zokirov koordinator sifatida yordamlashadi.

O'quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan murabbiylar Osiyo futbol konfederatsiyasining “S” xalqaro sertifikatini qo'lga kiritishadi.


Abror Dehqonov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz