Farg'ona davlat universiteti stadioni Pro liga bahsiga mezbonlik qiladi

Sherzod Nurmatov
4 avg 2025, 17:24
O'z tarixida ilk bor Pro liga musobaqasida ishtirok etayotgan "FarDU" mavsum boshidan buyon Farg'ona davlat universitetiga qarashli stadionda ta'mirlash ishlarini olib bordi.

"Ayni vaqtda o'yingoh Pro liga doirasidagi bellashuvlarni qabul qilishga tayyor.

Iyul oyining so'nggi 10 kunligida Liga mutaxassislari navbatdagi bor Farg'onada bo'lib, amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Endilikda o'yingohni rasmiy uchrashuvlarga tayyorlash jarayoni boshlandi. 

Pro liga 12-turida "FarDU" Farg'onada "Lokomotiv" klubini qabul qilishi lozim. Mazkur bellashuv Farg'ona davlat universitetida o'tkaziladi. Endilikda universitet talabalari va personali o'z sevimli jamoasi ishtirokidagi uy o'yinlarini universitet maydonida kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'ladi", – deyiladi PFL xabarida.

Eslatib o'tamiz, "FarDU" bungacha o'z uy o'yinlarini Farg'onaning "Istiqlol" stadionida o'tkazib kelayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz