"Jamoamiz oldiga har mavsum qita miqiyosidagi turnirlarda qatnashish vazifasi qo'yiladi. Joriy mavsum bundesligada o'yinimiz unchalik qovushayotgani yo'q. Ammo bizda juda ahil jamoa bor va ushbu jamoa bilan biz "Bayer"ni ortda qoldirgan holda kumush meddalarga ega chiqishimiz mumkin. Men bunga ishonaman", - dedi Farfan.
Eslatib o'tamiz, 20-turga kelib gelzenkirxenliklar 34 ochko bilan turnir jadvalining to'rtinchi pog'onasini egallab turishibdi. Ikkinchi o'rinda borayotgan "Bayer" hisobida esa 43 ochko mavjud. Ko'ramiz, "Shalke 04" 9 ochkolik farqni yo'qqa chiqarib, Germaniya chempionati kumush medallarini qo'lga kirita olarmikan…