

O'tgan yil noyabr oyida sportchining qonida amfetamin moddasi topilganida mahalliy federatsiya uni 4 oyga futboldan chetlatgan edi. Biroq FIFA bu jazoni juda engil deb hisobladi va Lozannadagi Sport arbitraj sudiga murojaat qildi. KAS yarim himoyachini 4 yilga diskvalifikaciya qildi.
Nur faoliyatini "Al-Ittihod"da o'tkazdi. Ikki marta OCHL g'olibi va 7 marta Saudiya Arabistoni chempioni bo'lgan. Terma jamoasi bilan bir marta Konfederatsiyalar kubogida va ikki bor Jahon chempionatida ishtirok etgan. Iyun oyida Nur 38 yoshida futbolchilik faoliyatini tugatdi.

Saytimizning Instagram dagi sahifasi - instagram.com/championat.asia



