"Fanat Superliga". "Surxon" - "Mashal" 4:3

Narzulla Saydullayev
28 mar 2020
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda 4ta savol beriladi. O'sha jamoalar to'qnashuvi o'rtasidagi o'yinlardan kelib chiqib 2ta savol, xorij va O'zbekiston terma jamoalariga oid 2ta savol bo'ladi.

Qoida: Savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi. Viloyatlarda internet tezligi pastligi yoki o'chib qolishini inobatga olsak ikkinchi javob o'rtasidagi farq 1 daqiqani tashkil qilishi mumkin. Yani masalan "Andijon" muxlisi 17:45da javob bersa, "Surxon" muxlisining 17:46dagi javobi qabul qilinadi.

Agar siz "Surxon" muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu "Mashal" muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"O'yin" soat 18:00da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

1-savol: Bu ikki jamoa so'nggi bor Oliy ligada nechanchi yil to'qnash kelishgan? To'g'ri javob: 2004 yil (Derdiyuk (Surxon muxlisi) birinchi to'g'ri javob berdi. 

2-savol: Oliy ligada o'zaro bo'lib o'tgan 10ta o'yinda ustulik qaysi jamoa tomonida? To'g'ri javob: "Mashal" 5ta g'alaba (Ikkala jamoa muxlislari bir daqiqa ichida to'g'ri javob berishdi)

3-savol: Klaudio Taffarel qaysi terma jamoada o'ynagan? To'g'ri javob: Braziliya (Ikkala jamoa muxlislari bir daqiqa ichida to'g'ri javob berishdi) 

4-savol: 2000 yil O'zbekiston chempioni bo'lgan klub qaysi? To'g'ri javob: "Do'stlik" (Ikkala jamoa muxlislari bir daqiqa ichida to'g'ri javob berishdi) 

O'yin tugadi: "Surxon" - "Mashal" 4:3


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia