"Fanat liga". "Chelsi" - "Bavariya" 3:4

Aslanov Jasurbek
1 apr 2020, 22:38
Yevropa futboli ishqibozlarini ushbu sahifaga taklif etamiz.

"Fanat liga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar. Shartlar: Toshkent vaqti bilan 22:30da jadvaldagi ilk to'qnashuv mavzusida dastlabki savol beriladi. Keyingi savollar 5 daqiqa oralig'ida berib boriladi. Savollarning umumiy soni 4ta.

Agar mezbon jamoa muxlisi sifatida javob bermoqchi bo'lsangiz, javobdan oldin yoki keyin 1 raqamini qo'ying, agar mehmon klub ishqibozlari safida bo'lsangiz javobga 2 raqamini qo'shib qo'ying. Jamoa raqami qo'yilmagan javoblar hisobga olinmaydi.

Bugun quyidagi to'qnashuvlar bo'lib o'tadi:

"Atalanta" - "Valensiya" 4:3

"Chelsi" - "Bavariya" 3:4

"Lion" - "Yuventus" 4:3

"Napoli" - "Barselona" 3:3


Birinchi bahs yakuniga etgach, avtomatik ravishda keyingi to'qnashuvga o'tamiz. Navbatdagi o'yin alohida sahifada o'tkaziladi.
Qo'shimcha ma'lumot: Agar ikki jamoa vakili bir daqiqa ichida (01:00-01:59) to'g'ri javob berishsa, har bir jamoaga 1 balldan beriladi. Mamlakatimizning hamma hududida ham internet birdek tez ishlamaydi.


"Chelsi" - "Bavariya" 3:4


4. Joze Mourinyo, Gus Xiddink, Karlo Anchelotti, Antoni Konte, Mauricio Sarri... So'nggi yillarda "Chelsi"ni faqat xorijlik murabbiylar boshqarardi. Frenk Lemparddan avvalgi ingliz murabbiy kim edi?
Javob: Bobbi Kempbell 1988-1991 yillarda faoliyat olib borgan.
To'g'ri javob mualliflari: Zuxriddin Shadixodjaev, MMMReal.


3. "Chelsi"ning hozirgi tarkibidagi eng yoshi ulug' futbolchi kim?
Javob: Villi Kabalero 38 yoshda
To'g'ri javob mualliflari: Sardorbek....Real Madrid, Temurbek Valiev.


2. "Chelsi" o'zining dastlabki sovrinini klubga asos solingandan keyin necha yildan keyin qo'lga kiritgandi?
Javob: 50 yildan keyin.
To'g'ri javob mualliflari: Temurbek Valiev, Xames.


1. "Chelsi"da bir raqam doimiy band qilib qo'yilgan. Ushbu raqam nechchi va unda qaysi futbolchi o'ynagandi?
Javob: Janfranko Zola. 25-raqam.
To'g'ri javob muallifi: Temurbek Valiev


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia